Oliy ta'lim muassasasi

“Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali

“Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil 11 fevraldagi PQ-4171-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:

  • xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etadigan va faol ilgari suradigan, muhim siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa vazifalarni hal qila oladigan, talab kuchli bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni oliy ta’lim dasturlari bo‘yicha tayyorlash;
  • mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim va ilm-fanning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili, shuningdek uning jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga uyg‘un integratsiyasini ta’minlash asosida rivojlantirish;
  • xalqaro siyosiy, diplomatik, huquqiy, iqtisodiy va savdo munosabatlari sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
  • pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy yuqori samarali pedagogik uslub va ta’lim texnologiyalarini faol joriy etish;
  • ta’lim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
  • yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan har tomonlama hamkorlik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimining xalqaro nufuzini mustahkamlash va uni mintaqaviy ta’lim xabi sifatida tanitish.

Filialda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

  • biznes-informatika (bakalavr);
  • ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish va prognozlashtirish (magistr);
  • xalqaro xususiy, fuqarolik huquqi va arbitraj (magistr);
  • xalqaro savdo va moliya huquqi (magistr);
  • xalqaro tashkilotlar uchun sinxron tarjimonlar tayyorlash va madaniyatlararo kommunikatsiya (magistr).
  • Filial O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq bosh muassasaning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

O‘quv jarayoni bakalavriat dasturlari bo‘yicha to‘rt yillik hamda magistratura dasturlari bo‘yicha ikki yillik taʼlimni ko‘zda tutgan bo‘lib, asosan, kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Filialda taʼlim Rossiya Federatsiyasi federal taʼlim standartlariga muvofiq bosh muassasa tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv-reja va taʼlim dasturlari asosida rus hamda ingliz tillarida olib boriladi.

Barcha darajadagi taʼlim dasturlarida rus va ingliz tillaridan tashqari qo‘shimcha chet tilini o‘qitish ham ko‘zda tutilgan.

Telefon:
(+998) 71-267-17-90
Sayt:
Pochta:
uzb@inno.mgimo.ru
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 47-uy

“Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi