Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

Qurilish, Axitektura, Qurilishni boshqarish, Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 367 – sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 1966 yil 15 iyulda chiqqan 307-sonli buyrug‘i asosida Samarqand davlat arxitektura – qurilish instituti (SamDAQI) tashkil etildi. SamDAQIning Samarqand shahrida ochilishiga birinchidan Toshkentdagi yer qimirlash sabab bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan, Samarqandning 2750 yillik tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyoning yeng qadimiy shaharlaridan biri ekanligi, madaniyati yuqori darajada rivojlanganligi, noyob arxitektura yodgorliklariga boy bo‘lganligi, uchinchidan esa Samarqand qadimdan ilm, fan va madaniyat markazi ekanligi asos bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar kengashining 1967 yil 3 maydagi 198-sonli qarori bilan Mirzo Ulug‘bek nomi berildi.

Bugungi kunda SamDAQI tarkibida 4 ta fakultet tashkil etilgan:

  • Arxitektura;
  • Qurilish;
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi;
  • Qurilishni boshqarish fakultetlari;

Telefon:
(+998) 66-2371593
Sayt:
www.samgasi.uz
Pochta:
info@samgasi.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70- uy, pochta indeksi: 140140

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma