Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Servis va turizm, Iqtisodiyot va menejment, Bank-moliya xizmatlari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti O‘zbekiston Respublikasida va O‘rta Osiyo hududidagi eng keksa va eng ulug‘ Oliy taʼlim muassasalaridan biridir.

Institutning tarixi respublikamizning nufuzli oliy maktablarining yaratilishi 7 sentyabr 1920 yildagi sobiq sovet hukumatining dekreti asosida yaratilgan  Turkiston (keyinchalik O‘rta Osiyo) davlat universitetiga bog‘liqdir. Chunki uning fakultetlari va bo‘limlari asosida O‘zbekistonda va O‘rta Osiyoda qator institutlar tashkil etildi.

Respublika xalq xo‘jaligi va madaniyatining keskin taraqqiyoti tobora keng miqyosda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga talab oshib bordi. Bular jumlasiga iqtisodiyot va boshqaruv sohasi yetakchi o‘rinlarga chiqa boshladi.

Natijada 6 iyun 1931 yilda O‘rta Osiyo davlat universitetining (SAGU) iqtisodiyot fakulteti asosida O‘rta Osiyo reja iqtisodiyot instituti tashkil etildi va uning iqtisodiyot fakulteti asosida O‘rta Osiyo kooperativ instituti tuziladi. Mazkur institutga davlat savdosi va kooperativ instituti nomi beriladi va Sentrosoyuz ixtiyoriga topshiriladi.

1935 yilda O‘rta Osiyo reja instituti Samarqandga ko‘chiriladi va keyinchalik 1936 yilda davlat savdosi va kooperatsiya instituti bilan qo‘shiladi. Unga O‘zbekiston xalq xo‘jalik instituti deb nom berildi.

1949 yilda Samarqand savdo institutiga aylandi va 1960 yildan boshlab Sentrosoyuz ixtiyoriga o‘tadi va endi Samarqand kooperativ instituti nomini oladi.

Institutning gurkirab rivojlanishi ana shu oltmishinchi yillardan boshlandi va 1990 yillargacha O‘rta Osiyo hududida yagona oliygoh hisoblandi va O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston respublikalari va Janubiy Qozog‘iston viloyatlari uchun matlubot kooperatsiyasi va davlat savdosiga kerakli yuqori malakali iqtisodchi, buxgalter, materialshunos va injener-texnologlar tayyorlab berardi. Aynan shu yillar davomida O‘rta Osiyo respublikalari matlubot kooperatsiyasi va davlat savdosining eng yuqori boshqaruv organlaridan tortib, to quyi tashkilotlarida band bo‘lgan mutaxassislarning aksariyati Samarqand kooperativ institutini bitirgan kadrlar edi.

Institutning keyingi 20 yillik tarixi jonajon Respublikamizning mustaqillik davriga to‘g‘ri keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitini boshidan kechirayotgan respublikamizda xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiyot talablaridan kelib chiqib aholi talablarini qondirish maqsadida xizmat sohalari keng taraqqiyot etganligini hisobga olib Samarqand kooperativ instituti 2011 yildan boshlab Samarqand iqtisodiyot va servis instituti nomini oldi. Natijada institutning istiqboli uchun juda qulay sharoitlar yaratilganligi barchani cheksiz quvontiradi.

Bugungi kunda institut yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirishi uchun yetarli shart-sharoitlarga ega. Bular qatoriga oliygohning moddiy-texnika bazasi yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi, fakultetlar, kafedralarda institutning turli bo‘limlarida xizmat qilib kelayotgan xizmatchilar, har tomonlama talabga javob beradigan laboratoriyalar, kompyuter xonalari, internet bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblash texnikasi kafedrasi taʼminoti bo‘limlarni ko‘rsatish mumkin. Institutda yaratilgan sharoitlar talabalarning samarali o‘qishiga, madaniy xordiq chiqarishiga, jamoat ishlarida faol ishtirok etishiga asos bo‘lmoqda.

Telefon:
(+998) 66-233-73-68
Sayt:
www.sies.uz
Pochta:
sies_info@edu.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 9- uy, pochta indeksi: 140100

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma