Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti

O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish uchun o‘zida ilg‘or muhandislik bilimlari mavjud bo‘lgan, ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega, innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish ko‘nikmalarini egallagan malakali yangi mutaxassislar tayyorlash zarurati mavjud. Ushbu murakkab vazifani bajarish uchun asosiy shart – bu yangi texnik ta’lim standartlari asosida muhandis kadrlarini tayyorlashning amaldagi tizimini tubdan qayta tashkil etishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 sonli Farmoniga asosan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti tashkil etildi. (PF-60, 49-maqsad: “Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish”).

Telefon:
(+998) 55-705-50-05
Sayt:
www.siut.uz
Pochta:
info@siut.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 270 uy, pochta indeksi: 140100

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi
1 Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) 60710500 Bakalavr
2 Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi 60721700 Bakalavr
3 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr
4 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60721100 Bakalavr