Oliy ta'lim muassasasi

Stars international university

O‘zbekiston poytaxtida o‘ziga xos noyob xalqaro “STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY” universiteti faoliyat yuritadi, ushbu yulduzli taʼlim dargohi Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Germaniya, Fransiya va Yaponiya singari davlatlarning eng obro‘li taʼlim muassasalarini birlashtiradi.

Ushbu xorijiy davlatlarda, xususan anglosakson mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya) taʼlim olish va yashash juda qimmat va ko‘pchilik abituriyentlar uchun qo‘l yetib bo‘lmas cho‘qqi. Shu sababdan “STARS” 50% kvotasini xalqaro talabalar uchun ajratgan.

Biz nafaqat qulay narxlarda talabgir va sifatli oliy taʼlimni taqdim etamiz, balki talabalarimiz uchun ko‘p millatli, multimadaniyat muhitini yaratamiz, unda har bir talaba ehtiyojiga alohida yondashuv bo‘lib, biz birga baxtli kelajak quramiz.

“STARS”ning jahondagi boshqa o‘quv muassasalaridan o‘ziga xos farqi, birinchi akademik o‘quv yili tugashi bilan dunyoning 500 dan ortiq universitetida uzluksiz taʼlim olish uchun keng imkoniyatlar beriladi, shuningdek jahonning turli mamlakatlaridagi eng mashhur universitetlarning bakalavr dasturlari bo‘yicha “STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY”da fakultetlar tanlanadi.

“STARS” xorijiy xalqaro OTMlar va tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan ixtisosliklarni taqdim etadi. Masalan, “Buxgalteriya hisobi va audit” mutaxassisligi bitiruvchilari “STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY” ning davlat namunasidagi bakalavr diplomi bilan birga, Buyuk Britaniya hukumati tomonidan boshqariladigan NCC Education taqdirlovchi organi, Buyuk Britaniya buxgalterlarining ACCA Assotsiatsiyasi, Buyuk Britaniyaning TOP 50 ta universitetlariga kiruvchi Oksford Bruks universitetlari tomonidan uchta Britaniya diplomlariga ega bo‘ladi. Barcha talabalar oliy taʼlim muassasasi qoshidagi talabalar va bitiruvchilarning global karyera markazi tomonidan tegishli o‘rinlarda ish bilan taʼminlanadi.

Telefon:
(+998) 78-129-19-19
Sayt:
stars.university
Pochta:
info@stars.university
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 2-uy, pochta indeksi: 100077

Stars international university Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi