Oliy ta'lim muassasasi

Tashkent international university of education

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 404-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Ushbu universitet ta’lim tizimiga jahonning ilg‘or standartlarini kiritish, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotimizning turli tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlash, ayniqsa zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish uchun zarur bo‘lgan pedagog va boshqaruvchi kadrlarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Bitiruvchilar respublikaning barcha hududlaridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida STEAM (Science — fan, Technology — texnologiya, Engineering — injenerlik, Arts — san’at, Math — matematika) fanlarini bemalol ingliz tilida ta’lim beradilar.

Umumta’lim muassasalarida faoliyatini boshlagan universitet bakalavriat bosqichi bitiruvchilariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi malaka toifasi, magistratura bitiruvchilariga birinchi malaka toifasi beriladi. Universitetning magistratura ta’lim bosqichi bitiruvchilari O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rahbar kadrlari zaxirasiga kiritiladi.

Universitetda o‘qitish O‘zbekiston davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda universitet va uning xorijiy hamkori tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘zbek, ingliz hamda boshqa tillarda amalga oshiriladi.

Universitet bitiruvchilariga uning xorijiy hamkor universitetlarining O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjati sifatida tan olinadigan xalqaro darajadagi yoki belgilangan namunadagi diplomi berilishi rejalashtirilgan. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Telefon:
(+998) 55-503-38-33
Sayt:
www.tiue.uz
Pochta:
info@tiue.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Yashnabod tumani, Tuzel-2 dahasi, Imom Buxoriy ko‘chasi

Tashkent international university of education Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi
1 Pedagogika 60110100 Bakalavr