Oliy ta'lim muassasasi

Termiz davlat universiteti

Tarix, Iqtisodiyot, Filologiya, Pedagogika, Fizika-matematika, Jismoniy madaniyat, Tabiyot geografiya, Termiz davlat universiteti

Termiz davlat universiteti tarixi

Termiz davlat universiteti Surxon vohasining nufuzli oliy dargohi sanalib, ko‘p sonli jamoaga egadir. O‘zbekistonning janubiy viloyatlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojni hisobga olgan holda, O‘zbekiston SSR Minstrlar Soveti 1954-yil 24-fevralda Marg‘ilon o‘qituvchilar Institutini Qarshi va Termiz shaharlariga ko‘chirish haqida qaror qabul qildi. 1954-yilda Marg‘ilon o‘qituvchilar Instituti negizida Termiz o‘qituvchilar instituti ta’sis etildi. Termiz o‘qituvchilar institutining ochilishi Surxon vohasi ta’lim tizimi va madaniy hayotida ulkan burilish yasadi. Mazkur maskan tashkil etilgan dastlabki o‘quv yili, ya’ni 1954-1955- o‘quv yilida 175 nafar yoshlar talabalikka qabul qilindi va quyidagi bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi: O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Fizika va matematika, Tabiatshunoslik va kimyo. 1956-1957-o‘quv yilida Termiz o‘qituvchilar institutini 187 nafar to‘liqsiz oliy ma’lumot olgan talabalar bitirib hayotga yo‘llanma olishdi. 1956-1957-o‘quv yilida Termiz o‘qituvchilar instituti Termiz davlat Pedagogika Institutiga aylantirildi va bu orqali Surxon vohasida ilk Oliy o‘quv yurtiga asos solindi.

Termiz davlat universiteti mustaqillik yillarida

Mustaqillik yillarida Termiz davlat universiteti Surxon vohasining yirik fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylandi. Ushbu oliy ta’lim maskani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-356-sonli farmoniga muvofiq universitetga aylantirildi. Bugungi kunda universitetda 10921 nafar talaba (2019-yil), shundan kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 9255 nafar, sirtqi bo‘lim bo‘yicha 2219 nafar, magistratura bo‘yicha esa 264 nafar talabalar tahsil olmoqda. Universitetda joriy o‘quv yilida 57 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 25 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda 575 nafar professor-o‘qituvchilardan 18 nafari fan doktori, professorlar, 119 nafari esa fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD), dotsentlardir. Universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2019- yilda 12 ta ixtisoslik bo‘yicha 30 nafar tayanch doktorant, 2 nafar doktorant tahsil olmoqda. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega universitetda 2019-yilda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan 10 ta shartnoma va 7 ta memorandum imzolandi. 3 ta xalqaro, 4 ta respublika miqyosidagi anjuman, an’anaviy talabalar konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etildi. Universitet talabalari viloyat, Respublika va boshqa davlatlarda xalqaro miqyosda o‘tkazilgan sport musobaqalarida 25 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Telefon:
(+998) 76-223-13-11
Sayt:
Pochta:
termizdu@umail.uz
Manzil:
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43- uy, pochta indeksi: 190111

Termiz davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma