
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 029914-sonli litsenziyaga asosan, davlat taʼlim standartlari va talablariga muvofiq faoliyat yuritadi. Universitet bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.
Universitetda o‘qitish o‘zbek va rus tillarida amalga oshiriladi.
Mavjud bo‘lgan taʼlim shakllari:
- kunduzgi;
- kunduzgi (uchinchi smena);
- sirtqi;
Toshkent amaliy fanlar universiteti oliy ta’limda ham, professional sohada ham xalqaro universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalariga ega.
Universitetning O‘zbekiston oliy ta’lim dasturlari bilan birga dunyoning nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan QS World University Rankings va The Times Higher Education World University Rankings reytinglaridagi dunyoning 1000 talikka kiruvchi Grinvich universiteti, Markaziy Lankashir universiteti (Buyuk Britaniya) hamda boshqa yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari mavjud.
Universitetning asosiy vazifasi talabalar orasida kasbiy mahoratni rivojlantirishdan iborat. Natijada ular bitiruvchi sifatida eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalardan biriga qabul qilinishlari uchun o‘zlarining rezyumelarida barcha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
- Telefon:
-
(+998) 71-200-05-40
- Sayt:
- utas.uz
- Pochta:
- Manzil:
- Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavxar ko‘chasi, 1 uy