
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot xavfsizligi, Dasturiy injiniring, Kompyuter injiniringi, Televizion texnologiyalar, AKT sohasida kasb ta’limi, Telekommunikatsiya texnologiyalari, AKT sohasida iqtisodiyot va menejment, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005 yil 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida mintaqaviy filiallar tashkil etilgan.
- 1955 yil - Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI)
- 1960 yil - elektroaloqa muhandislari birinchi avlodi tayyorlandi
- 1978 yil - Frunze (hozirda Bishkek), Dushanbe, Olma-Ota va Farg`ona shaharlarida TEAI sirtqi fakultetining tayanch punktlari tashkil etildi.
- 1993 yil - TEAI instituti qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
- 1994 yil - Markaziy Osiyo respublikalari hamda Mo`g`iliston, Pokiston va Hindiston aloqa tarmoqlari injener-texnik xodimlari malakasini oshirish uchun institut qoshida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya o`quv markazi (SAUTST) tashkil etildi
- 1997 yil - institut qoshida litsey-internat faoliyat yurita boshladi
- 1999 yil - institut qoshida akademik litsey faoliyat yurita boshladi
- 2002 yil - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
- 2005 yil - Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Farg`ona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi
- 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra universitetga al-Xorazmiy nomi berilgan
- Telefon:
-
(+998) 71-238-64-15
- Sayt:
- tuit.uz
- Pochta:
- tuit@tuit.uz
- Manzil:
- Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 108- uy, pochta indeksi: 100202