
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali
Kompyuter injiniringi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali
Muhammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi 3080-son Farmoni va 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2005 yil 17 iyundagi 130-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Filialning Nizomi bosh tayanch universitet Nizomi va Ustaviga muvofiq tasdiqlangan.
Filialda hozirgi kunda 2 ta o‘quv binosi mavjud, eski o‘quv binosida 2005 yildan va yangi o‘quv binosida 2009 yil sentyabr oyidan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
TATU Nukus filialida bakalavriatning 6 ta yo‘nalishi va magistraturaning 2 ta ixtisosligi bo‘yicha taʼlim jarayoni olib boriladi. Yo‘nalishlarning va ixtisosliklarning barchasi bo‘yicha Davlat taʼlim standartlari va namunaviy o‘quv rejalari mavjud.
Hozirgi kunda filialda quyidagi mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan:
- 5330300 - Axborot xavfsizligi(sohalar bo‘yicha);
- 5330600 - Dasturiy injiniring;
- 5330501 - Kompyuter injiniringi;
- 5330502 - AT servis;
- 5330400 - AKT sohasida kasb taʼlimi;
- 5350100 - Telekommunikatsiya texnologiyalari;
- 5A330501 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash);
- 5A350101 - Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari);
Bugungi kunda filialda 2 ta fakultet, 6 ta kafedra, 8 ta bo‘lim, 2 ta markaz va 2 ta sektor faoliyat ko‘rsatmoqda.
- Telefon:
-
(+998) 61-222-49-10
- Sayt:
- tatunf.uz
- Pochta:
- kantatunf@umail.uz
- Manzil:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Do‘snazarov ko‘chasi, 74- uy, pochta indeksi: 230113