Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-maydagi 288- son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Filialning asosiy vazifalari:

iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qo‘shadigan, zamonaviy talablarga javob beradigan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash jarayonida o‘quv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish hamda ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda o‘quv jarayonini ta’limning kredit-modul tizimi asosida tashkil qilish;

ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;

aholining barcha qatlamlarida raqamli ko‘nikmalarni oshirish maqsadida dasturlash, robototexnika, “Buyumlar interneti”, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganishdan iborat.

Hozirda Filialning zamonaviy o‘quv binosi, sport zali va talabalar turar joyi binosi hamda Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi o‘quv binosining qurilish ishlari olib borilmoqda.

Filialning bakalavriatura yo'nalishlari:

  • 60610500 – Kompyutеr injiniringi (Kompyutеr injiniringi);
  • 60610600 – Dasturiy injiniring;
  • 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) ;
  • 60611000 – Tеlеkommunikatsiya tеxnologiyalari (Tеlеkommunikatsiyalar) ;
  • 60611300 – AKT soxasida kasb ta’limi.

Filialning magistratura mutaxassisliklari:

  • 70610501 – Kompyutеr injiniringi (Kompyutеr tizimlarini loyihalashtirish);
  • 70611001 – Tеlеkommunikatsiya injiniringi (Tеlеradioeshittirish)

Telefon:
(+998) 71-238-65-66
Sayt:
nbtuit.uz
Pochta:
info@nbtuit.uz
Manzil:
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Bobur MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 55A uy, pochta indeksi:

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma