Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

Kompyuter Injiniring, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2834-sonli qaroriga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga, buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan.

Bugungi kunda filialda 6 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 1400 dan ziyod talaba-yoshlar tahsil olib, ularga 89 nafar malakali professor-o‘qituvchilar saboq berib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida yosh o‘qituvchilardan 12 nafari Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida o‘z malakalarini oshirishdi.

O‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish va taʼlim muassasasini jahonning nufuzli oliy taʼlim muassasalari qatoriga kirishini taʼminlash maqsadida o‘qitishning kredit tizimi joriy etilgan.

Oliygohda “Dasturchilarni tayyorlash”, “Elektron hukumat” markazlari, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi loyihasi doirasida “Tibbiyotda texnik reabilitatsiya” ilmiy laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlash maqsadida Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda “Axborot texnologiyalar” qo‘shma fakulteti tashkil etilib, mutaxassislarni tayyorlash keng yo‘lga qo‘yilgan.

Telefon:
(+998) 75-228-02-32
Sayt:
www.tuitkf.uz
Pochta:
info@tuitkf.uz
Manzil:
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li 3- km, pochta indeksi: 180100

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma