
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
Kompyuter injiniringi, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» PQ - 91 Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.Hozirda Filial tasarrufida 3 ta o‘quv bino va talabalar turar joyi uchun 1 ta bino bor.
Zamonaviy tarzda jihozlangan 18ta maʼruza xonalari, 32ta amaliy mashg‘ulot xonalari, 16ta kompyuter sinflari, 5ta o‘quv laboratoriyalari, 1 ta lingafon xonasi, axborot - resurs markazi va sport zal talabalar xizmatida. Har 4 nafar talabaga 1 ta kompyuter to‘g‘ri keladi.
O‘quv ishlari:
Filial tarkibida 2 ta fakultet va 9 ta kafedra mavjud.
Fakultetlar:
- Kompyuter injiniring;
- Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi.
Kafedralar:
- Axborot texnologiyalari;
- Kompyuter tizimlari;
- Tabiiy fanlar;
- Axborot taʼlim texnologiyalari;
- Telekommunikatsiya injiniring;
- Axborot xavfsizligi;
- Gumanitar va ijtimoiy fanlar;
- Tillar kafedrasi.
Bakalavriatura:
- Informatika va axborot texnologiyalari;
- Kasb taʼlimi (Informatika va axborot texnologiyalari);
- Telekommunikatsiya;
- Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi);
- Kompyuter injiniringi;
- Telekommunikatsiya texnnologiyalari;
- AKT sohasida kasb taʼlimi.
Magistratura:
- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti;
- Kasb taʼlimi (informatika va multimedia texnologiyalari);
- Kompyuter injiniring (kompyuter tizimlarini loyihalash).
- Telefon:
-
(+998) 66-232-29-29
- Sayt:
- www.samtuit.uz
- Pochta:
- admin@samtuit.uz
- Manzil:
- Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Shohruh Mirzo ko‘chasi, 47A- uy, pochta indeksi: 140100