Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

Kompyuter injiniringi, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2005 yil 14 iyundagi 130-son "Oliy taʼlim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Urganch shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Filial tarkibida bitta "Kompyuter injiniringi" fakulteti faoliyat yuritmoqda. Bu fakultetda "Axborot texnologiyalari", "Axborot taʼlim texnologiyalari", "Tabiiy va umumkasbiy fanlar", "Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar", "Dasturiy injiniringi", “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 56 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar talabalarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Filial qoshida bitta akademik litsey, axborot texnologiyalari markazi, axborot-resurs markazi, til o‘rganish markazi, yosh dasturchilar markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Filial talabalari Respublika va jahon miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniring ("Kompyuter injiniring", “IT-servis”, "Multimedia texnologiyalari");
  • Dasturiy injiniring;
  • Axborot xavfsizligi;
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiya”, "Teleradiouzatish", "Mobil tizimlar");
  • Axborot-kommunikatsiyalar sohasida kasb taʼlimi.

Telefon:
(+998) 62-224-61-32
Sayt:
www.ubtuit.uz
Pochta:
tuituf@tuit.uz
Manzil:
Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al- Xorazmiy ko‘chasi, 110- uy, pochta indeksi: 220100

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma