Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 maydagi 438-son qaroriga asosan tashkil etilgan. Filialda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlangan.

Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilangan:

  • hududda iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanishi tendensiyalarini hisobga olgan holda Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatib, “Raqamli iqtisodiyot”, “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”, “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”, “Agrobiznes va marketing”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, shuningdek, viloyatda ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha nazariy-amaliy ko‘nikmalarni egallagan malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash;
  • Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish;
  • o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;
  • pedagog kadrlarning ilmiy salohiyati, kasbiy va malakaviy bilim darajasini uzluksiz rivojlantirib borish mexanizmlarini joriy etish, ularning pedagogik mahoratini rivojlantirishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;
  • xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
  • chet tillarida dars beruvchi yosh pedagog xodimlar qatlamini kengaytirish, ularning mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish;
  • respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarda istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturada o‘qitish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
  • masofaviy ta’lim elementlarini, shu jumladan, vebinar texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish.

Telefon:
(+998) 66-237-32-81
Sayt:
www.sbtsue.uz
Pochta:
sbtsue@edu.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Professorlar ko‘chasi, 51-uy, pochta indeksi:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma