Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2016 yil 13 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4797-sonli farmoniga asosan tashkil qilingan. Universitetda 3 ta fakultet, 12 ta kafedra, 1 ta litsey va 6 ta markaz faoliyat ko‘rsatadi.

Universitetda bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari soni 4 ta, magistratura mutaxassisliklari soni 6 ta, qo‘shma dasturlar doirasida mutaxassisliklar 1 ta. Jami talabalar soni 1693 nafar (bakalavriat - 1589 nafar, magistrantlar -104 nafarni tashkil etadi.

2018-2019 o‘quv yilida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar soni 159 nafar bo‘lib, ulardan 4 nafari akademik, 31 nafari fan doktori (22%), 54 nafari fan nomzodi va falsafa doktori, 1 nafari nafari xorijiy ilmiy darajaga ega (34,6%). Umumiy ilmiy salohiyat 56,6% tashkil etadi (2016-2017 o‘quv yili – 39%, 2017-2018 o‘quv yili – 44%).

2018-2019-o‘quv yili uchun barcha o‘quv-me'yoriy hujjatlar: davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari, shuningdek, ular asosida o‘quv fan dasturlari va ishchi fan dasturlari tasdiqlangan.

2016-2018 yillarda 25ta monografiya va risola, 25ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 13ta darslik hamda 14 nomda  audiokitoblar (o‘quv darsliklar) yaratilgan. ​

Maqsad:

  • hozirgi tez oʻzgarayotgan globallashuv davrida oʻzbek tili va adabiyotining oʻziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bogʻliq masalalarni chuqur oʻrganish;
  • bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini kuchaytirish;
  • ta’lim-tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlarida oʻzbek tili va adabiyoti fanini oʻqitishning sifatini tubdan oshirish;
  • ushbu soha boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirish.

Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: 

  • oʻzbek tili va adabiyotini, uning oʻziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash; 
  • ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni oʻzbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash; 
  • talaba yoshlarni, oʻzbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega boʻlgan va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalash; 
  • oʻzbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta’limotlarini, mumtoz va zamonaviy metodlarini, buyuk ajdodlarimizning oʻzbek va jahon tilshunosligi rivojiga qoʻshgan hissasi, ularning ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari, oʻzbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan bogʻliq ilmiy muammolarni tadqiq etish; 
  • oʻzbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini toʻla aks ettiradigan mukammal akademik va oʻquv grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli mavzu va yoʻnalishlar boʻyicha lugʻat va qomuslar, risola va darsliklar yaratish; 
  • umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida oʻzbek tili va adabiyoti fanini oʻqitishning yangi va samarali metodlari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish; 
  • ona tilimizning Internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin egallashini ta’minlash, uning kompyuter uslubini, oʻzbek tili va dunyodagi etakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va lugʻatlar, elektron darsliklar yaratish bilan bogʻliq ilmiy-metodik ishlanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va bu borada erishilgan natijalarni amaliyotga keng tatbiq etish. 

Telefon:
(+998) 71-281-45-11
Sayt:
Pochta:
tsuull.edu@gmail.com
Manzil:
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, O‘qituvchi ko‘chasi, 103- uy

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma