Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent davlat texnika universiteti

Aviatsiya, Energetika, Neft va gaz, Geologiya va konchilik, Mexanika-mashinasozlik, Sanoat tarmoqlarini boshqarish, Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — O‘zbekistonda elektrotexnika, mexanika, texnologiya, geologiya va energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

1918 yilda tashkil topgan Turkiston xalq universitetining „Texnika“ fakulteti tarkibida „Elektromexanika“ bo‘limi ochilgan bo‘lib, unda mexanik muhandislar ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlab chiqarish ham mo‘ljallangan edi. 1920 yilda fakultet davlat universiteti maqomiga ega bo‘lgach, unda „Maxsus mexanika“ bo‘limi taʼsis etilib, 69 talaba tahsil ola boshladi. 1952 yilda mazkur fakultetlar negizida Toshkent politexnika instituti tashkil topdi. O‘zbekiston Prezidentining 1991 yil 30 apreldagi farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 1991 yil 13 mayda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi. Ayni vaqtda Vazirlar mahkamasi sanoat-fuqarolik qurilishi, qurilish muhandisligi, meʼmorchilik fakultetlarini birlashtirib — Toshkent arxitektura-qurilish instituti, kimyo-texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi fakultetlarini birlashtirib — Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etish haqida ham qaror qabul qilgan bo‘lib, amalda ikki institutni birlashtirib, uchta mustaqil oliy texnika o‘quv yurtlari- Toshkent davlat texnika universiteti,Toshkent meʼmorchilik-qurilish instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilgan edi. Navbatdagi qayta qurishlardan Toshkent politexnika institutining: „geologiya-qidiruv“, „kon-metallurgiya“, „avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari“, „sanoat energetikasi“, „neft va gaz“, „radioelektronika va avtomatika“, „energetika fakultetlari“. Toshkent mashinasozlik institutining: mexanika; texnologiya; mashinalar va apparatlarni konstruksiyalash; traktor va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi fakultetlari bilan qo‘shilib, yangi — Toshkent davlat texnika universiteti tarkibi yaratildi va yangi maqomda amal qila boshladi.

Telefon:
(+998) 71-246-46-00
Sayt:
Pochta:
tdtu_info@tdtu.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2- uy, pochta indeksi: 100095

Toshkent davlat texnika universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma