Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali

Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali

Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq kon-metallurgiya  fakulteti o‘rnida tashkil etilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining ham o‘z shonli tarixi bor. Bugun barcha sohalarda amalga oshirilayotgan taraqqiyotparvar islohotlar oliy ta’lim tizimida ham o‘z bo‘y-bastini ko‘rsatmoqda. 

1961 yili Olmaliq shahrida Olmaliq kon-metallurgiya fakutetida kechki ta’lim tizimida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda talabalar tahsil ola boshladi.

Keyinchalik oliy o‘quv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin hududlarga ko‘chirish maqsadida Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kunduzgi kon-metallurgiya fakulteti 1963 yilning sentyabrida Olmaliq shahriga ko‘chirildi.  1967 yilning sentyabrida esa Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining kunduzgi bo‘limi qayta yana Toshkentga ko‘chirildi. Olmaliq shahrida esa ToshPIning kechki  “Olmaliq kon-metallurgiya” fakulteti tashkil qilinib, kechki bo‘limda o‘qiydigan talabalar qoldirildi. Mutaxassislik kafedralari  “Rangli metallar metallurgiyasi”, “Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi” va boshqa barcha kafedralar Toshkentdagi Kon-metallurgiya fakultetining mutaxassislik kafedralari tasarrufiga o‘tkazildi. Kechki Olmaliq Kon-metallurgiya fakulteti tarkibida mustaqil kafedra sifatida “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Umummuhandislik”, “Chet tillar” hamda “Sanoat qurilish”  kafedralari tashkil qilingan.

Kechki Olmaliq fakulteti 1967 yildan 1995 yilgacha faoliyat ko‘rsatadi. 1995 yildan Toshkent oliy o‘quv yurtlarining boshqa shahar va viloyatlaridagi fakultetlari va filiallari tugatiladi.  Shu jumladan Olmaliq fakulteti ham.

2001 yilda esa Navoiy davlat konchilik institutining kunduzgi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochildi. Fakultetda “Konchilik elektromexanikasi”, “Ijtimoiy fanlar” kafedralari ish boshlab, “Konchilik ishi”, “Konchilik elektromexanikasi”, “Metallurgiya”  sohalarida kadrlar tayyorlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan  2017 yil 27 iyulidagi “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlariga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi. “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Umumkasbiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik  fakulteti esa “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini o‘z ichiga oladi.

Telefon:
(+998) 70-613-81-93
Sayt:
tdtuof.uz
Pochta:
of.tdtu@umail.uz
Manzil:
Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 45-uy, pochta indeksi: 100010

Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma