Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Yurisprudensiya, Toshkent davlat yuridik universiteti

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda tayanch oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi. Universitet Prezidentimizning 2013 yil 28 iyundagi № PQ 1990-sonli “Huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti negizida tashkil etildi.

Universitet o‘z faoliyatini mustaqil o‘quv va ilmiy-izlanish muassasasi sifatida boshlaganidan to bugungi kunga qadar ko‘p yillik anʼanalarni o‘zida saqlab kelgan holda, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni faol tatbiq etmoqda, qonun chiqarish va qonun qo‘llashning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental va ilmiy izlanishlar olib bormoqda hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni amalga oshirmoqda.

Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari tarkibiga 192 kishi kiradi, ulardan 40 nafari fan doktori, 110 nafari fan nomzodlaridir. Universitet o‘qituvchilaridan 20 nafari professor, 78 nafari esa dotsent unvoniga ega. Professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 40 yoshni tashkil qiladi.

Hozirgi kunda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan bakalavr, magistr va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar darajasidagi mutaxassislar tayyorlanadi.

Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar 524100 –“Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” taʼlim yo‘nalishi doirasida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 4 yil):

  • Davlat huquqiy faoliyati;
  • Fuqarolik huquqiy faoliyati;
  • Jinoyat huquqiy faoliyati;
  • Xalqaro huquqiy faoliyat;
  • Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi).

Toshkent davlat yuridik universitetida magistrlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 2 yil):

  • "Davlat boshqaruvi huquqi";
  • "Soliq va bojxona huquqi";
  • "Biznes huquqi";
  • "Xalqaro tijorat huquqi";
  • "Shartnoma huquqi";
  • "Korporativ huquq";
  • "Tabiiy resurslar huquqi";
  • "Mehnat huquqi";
  • "Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti";
  • "Sud ekspertizasi va kriminalistika"

Telefon:
(+998) 71-233-66-36
Sayt:
Pochta:
info@tsul.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 35- uy, pochta indeksi: 100047

Toshkent davlat yuridik universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma