
Oliy ta'lim muassasasi
Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali
Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019 yil 7 fevraldagi PQ–4166-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash samaradorligini yana-da oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etilgan hamda o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Filialning asosiy vazifalari etib:
- yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni taʼminlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;
- nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini taʼlim berishning modul tizimi asosida tashkil etish;
- taʼlim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish;
- taʼlim oluvchilarning aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish;
- taʼlim oluvchilarning aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish;
- huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha faoliyatini uslubiy va konsultativ taʼminlash;
- yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan xorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan o‘zaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish kabilar belgilangan.
- Telefon:
-
(+998) 71-207-03-78
- Sayt:
- Pochta:
- info@sbtsul.uz
- Manzil:
- Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi, 9 uy