Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent farmatsevtika instituti

Farmatsiya, Sanoat farmatsiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti

Toshkent farmatsevtika instituti O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash xalq komissariatining 155-son buyrug‘i bilan 1937 yil 16 iyulda tashkil qilingan. Bu voqea farmatsevtika bo‘yicha mutaxassislarni nafaqat O‘zbekistonda, balki baʼzi O‘rta Osiyo davlatlarida tayyorlash uchun ham asos bo‘ldi. Oliy Farmatsevtik taʼlim strukturasini va farmatsevtlarni tayyorlash bo‘yicha dastur tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikni qo‘lga kiritgani Toshkent farmatsevtika instituti uchun ham tarixiy voqea bo‘ldi. Institut respublikada bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar bilan hamqadam bo‘lib, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq qilish ustida, moddiy-texnik bazani yangilash hamda o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borishda o‘quv rejalari, standartlari va dasturlarini ishlab chiqishda ham tinmay mehnat qilmoqda. Bugungi kunda institutda farmatsevtlarning malakasini oshirish fakultetlari, kasbiy taʼlim, farmatsiya, sanoat- farmatsiya va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika instituti bilan ochilgan qo‘shma fakultetlar faoliyat yuritmoqda.

Telefon:
(+998) 71-256-37-38
Sayt:
pharmi.uz
Pochta:
info@pharmi.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 45- uy, pochta indeksi: 100015

Toshkent farmatsevtika instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma