Oliy ta'lim muassasasi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqotlar universiteti

Gidromelioratsiya, Yerdan foydalanish va yer kadastri, Suv xo‘jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti, Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1923 yilda Turkiston Davlat Universiteti Texnika fakultetining Gidrotexnika bo‘limi Melioratsiya muhandisligi fakultetining tuzilishidan boshlangan. 1923 yilda 24 nafar talaba agronom, 16 nafar talaba gidromelioratsiya muhandisi sifatida institutni tamomlab birinchi bitiruvchilari bo‘lishgan. 1929 yili Melioratsiya muhandisligi fakulteti negizida mexanika qurilishi va suv xo‘jaligi fakultetlari ochilib O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti tashkil etildi. Institutni tashkil etilishi Respublikaning qishloq va suv xo‘jaliklari xodimlariga bo‘lgan kuchli ehtiyojni qondira boshlagan. Shu vaqtlarda O‘rta Osiyo respublikalarida yer suv islohotining amalga oshirilishi hamda irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirishning yana-da rivojlantirilishi yaxlit oliy texnika o‘quv mexanizatsiyasining tashkil etilishini taqozo qilgan.

1934 yilda O‘rta Osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti nomi bilan birlashtirilib shu yilning 11 noyabridan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutiga aylantirilgan. Dastlab uning tarkibida ikkita gidromelioratsiya va mexanizatsiya fakultetlari bo‘lgan. Ulug‘ vatan urishidan keyingi davrda mamlakatning qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida yuksalish ro‘y berdi, yangi tarmoqlar ochila boshladi. Institutda esa yer qurilishi 1945 yilda, gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish 1946 yilda, gidroenergetika qurilishi 1946 yilda, qishloq xo‘jaligi mashinalarini taʼmirlash texnologiyasi va uni tashkil etish 1974 yilda, umummuhandislik 1979 yilda fakultetlarini ochilishi O‘zbekistonda iqtisodiy ijtimoiy o‘sish bilan chambarchas bog‘liq.

Mustaqillik yillariga kelib institutning rivojlangan xorijiy davlatlar universitetlari bilan o‘quv ilmiy tajribalar almashishlari bo‘yicha hamkorliklar rivojlandi. Institutda o‘qitiladigan fanlarning o‘zbek tilidagi adabiyotlari yaratildi talaba yoshlarni tillarni o‘rganishga, chet el oliy taʼlim muassasalarida o‘qishlarini davom ettirishlariga keng imkoniyatlar yaratildi, jumladan iqtidorli talabalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, «Beruniy», “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyalari tanlovida hozirga qadar qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 20 nafardan ortiq talabalarimiz sovrindor bo‘lishgan. 2004 yil 30 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injinerlari instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi. Institut hozirgi kunlarda tom maʼnoda yangi masʼulyatli davrni boshidan kechirmoqda. Respublikada qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Hozirda institutda 4860 dan ortiq talaba 18 taʼlim yo‘nalishi, 15 magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 7 ta fakultetda taʼlim olib kelmoqdalar. Institutda ularga 30 ta kafedrada 353 nafar malakali professor o‘qituvchilar taʼlim berishib, ularning 31 nafari fan doktori professorlar, 157 nafari fan nomzodi dotsentlardir.

Institut zamon talablariga javob beradigan to‘rtda o‘quv, uchta o‘quv laboratoriya binolari, zamonaviy o‘quv ilmiy markazlar, umumiy fondi 700 ming o‘ringa yaqin axborot resurs markazi 1200 o‘rinli 3 ta talabalar uyi, 460 o‘rinli talabalar oshxonasi va istirohat bog‘iga ega. Institut jamoasining asosiy eʼtibori taʼlim to‘g‘risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalaridan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003- sonli qaroriga binoan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi.

Telefon:
(+998) 71-237-19-36
Sayt:
tiiame.uz
Pochta:
admin@tiiame.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39- uy, pochta indeksi: 100000

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqotlar universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma