Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11- iyundagi 489-son qaroriga asosan Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali tashkil etilgan.

Filialning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • hududda kimyo va oziq-ovqat sanoati sohasining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologik tendensiyalarni hisobga olgan holda ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallagan malakali kadrlarni tayyorlash;
  • kimyo va oziq-ovqat texnologiyalarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish;
  • o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;
  • respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
  • Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq qilish;
  • vebinar taʼlim usullarini joriy etish va rivojlantirish.

Telefon:
(+998) 75-522-50-68
Sayt:
stict.uz
Pochta:
info@stict.uz
Manzil:
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 20-uy, pochta indeksi: 181306

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma