Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi 573-sonli qaroriga asosan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali tashkil etilgan.Filialda hozirda 2020/2021 o‘quv yilida jami 56 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, jumladan, 1 nafar akademik, 4 nafar professor, 7 nafar dotsent, 17 nafar katta o‘qituvchi hamda 27 nafar assitsentlar faoliyat yuritib kelmoqda.

2020-2021 o‘quv yili uchun tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalar asosida o‘quv jarayonlari tashkil etildi.Filialda 6 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 1068 nafar talabalar tahsil olishmoqda. Shundan 1 kurs 747 nafar, 2-kurs 196 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 321 nafarni tashkil etadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan elektron ta’lim platformasi orqali o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib borilmoqda.

2020 yil 17 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari B.A.Musaevning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullari hamda vazirlik tassarufidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan masofaviy tarzda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda davom ettirish bo‘yicha bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berilganligini inobatga olgan holda o‘quv-uslubiy, tashkiliy-metodik jihatdan tayyorgarlik ko‘rildi.

Joriy yil (2021/2022) o‘quv yili uchun 6 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 675 ta shundan, 475 ta kunduzgi 200 ta sirtqini tashkil etmoqda.

Kunduzgi 475 ta (shundan davlat granti 85 ta, to‘lov kontrakt asosida 390 ta). Sirtqi 200 ta (to‘lov kontrakt asosida 200 ta).

Hozirgi kunda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarining malakali yetuk kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan hamda ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash zaruratini inobatga olgan holda filialimiz bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilot rahbarlari bilan hamkorlik ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Hamda bir qator ilmiy tadqiqot institutlari ishlab chiqarish korxonalari bilan, shu jumladan.“Yangier temir-beton konstruksiyalari zavodi” UK, “OKMK Sherobod sement zavodi” OAJ, .“Navoiazot” AJ, “Metal beton sanoat” MChJ, “Maksam-Chirchiq” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti” bilan ilmiy tadqiqot hamda talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish va eksport qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yerning unumdorligini oshirish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni talab etmoqda.

Shu bois “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Samsung Injinering” kompaniyasi bilan hamkorlikda ammiak va karbamid zavodi qurish rejalashtirilgan.

Telefon:
(+998) 95-511-58-56
Sayt:
tktiyf.uz
Pochta:
tkti_yf@mail.ru
Manzil:
Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri, Tinchlik ko‘chasi, 1 uy, pochta indeksi: 121001

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma