
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ilk bor Toshkent shahridagi Yеodju texnika instituti nomi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining 24.07.2018y №OT 0002 (033297) davlat litsenziyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2019y №1007 qarori asosida mamlakatdagi birinchi xususiy oliy taʼlim muassasasi sifatida tashkil etilgan.
Universitet yuqori malakali bakalavr va magistrlarni kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaydi. Аkademik faoliyatni Janubiy Koreya, АQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Malayziya kabi xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari bo‘lgan xalqaro va mahalliy professorlar amalga oshiradilar.
Hozirgi kunda TKXU ning 5 ta taʼlim maktabi tarkibida 28 ta bakalavriat va 20 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 2021/2022 o‘quv yilda universitetning Namangan shahridagi, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab esa Samarqand shahridagi filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2022 yil O‘zbekistonning nodavlat oliy o‘quv yurtlari orasida TKXU birinchilardan bo‘lib KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi va Yevropaning EQAR maʼlumotlar bazasiga kiritildi.
TKXU taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va diplom O‘zbekiston hududida to‘laqonli tan olinadi.
- Telefon:
-
(+998) 78-129-40-40
- Sayt:
- kiut.uz
- Pochta:
- info@kiut.uz
- Manzil:
- Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi, 156-uy