Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent moliya instituti

Sug‘urta, Moliyaviy menejment, Moliya-iqtisod, Hisob va audit, Byudjet hisobi va davlat jamg‘armalari, Kredit-iqtisod, Toshkent moliya instituti

Toshkent moliya instituti 1991 yil 13 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli farmoniga ko‘ra Toshkent xalq xo‘jaligi institutining Moliya-kredit va Hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etildi.

Toshkent moliya institutida 1991 yil sentyabr oyidan boshlab 3 ta kunduzgi - Moliya-iqtisod, Kredit-iqtisod va Hisob-iqtisod, 2 ta sirtqi - “Kredit-iqtisod” va “Moliya-hisob iqtisod” fakultetlari tarkibida tegishli yo‘nalishlar hamda 20 ga yaqin kafedralar o‘z ish faoliyatini boshladi. 1993 yildan boshlab “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Sug‘urta ishi”, “Qimmatli qog‘ozlar va birja ishi”yo‘nalishlari bo‘yicha ham kadrlar tayyorlashga kirishildi. 1998-1999 o‘quv yilidan boshlab Toshkent moliya institutida “Loyihalarni moliyalashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha “Investitsion loyihalarni moliyalashtirish” kafedrasi tashkil etildi.

1999 yildan eʼtiboran Kasb taʼlimi “Buxgalteriya hisobi va audit” taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish yo‘lga qoʻyildi.2004 yilga kelib, institutning “Hisob-iqtisod” va “Kredit-iqtisod” fakultetlari negizida “Boshqaruv” fakulteti barpo etildi. Boshqaruv fakulteti “Kasb taʼlimi”, “Statistika” va “Menejment" yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlay boshladi.

Institut rektorining 2005 yil 27 avgustdagi 137-sonli buyrug‘iga asosan Moliya-iqtisod fakultetida tayyorlanayotgan “Soliqlar va soliqqa tortish ” va “Sug‘urta ishi” taʼlim yo‘nalishlari negizida Soliq va sug‘urta ishi fakulteti tashkil qilindi. 2011-2012 o‘quv yilidan eʼtiboran fakultetning nomi Sug‘urta fakulteti, deb o‘zgartirildi.

2007 yil 19 oktyabrda “Moliya” kafedrasi negizida institut rektorining 153-sonli buyrug‘i bilan “G‘aznachilik ishi” kafedrasiga asos solindi. 2007 yil “Bank ishi” kafedrasi negizida “Bank hisobi va audit” kafedrasi tashkil topdi va o‘z faoliyatini boshladi. 2005 yildaMakro va Mikroiqtisodiyot” kafedrasi “Biznes va iqtisodiyot” kafedrasi, deb nomlandi va mutaxassis tayyorlaydigan kafedralar safiga kiritildi. 2007 yil 5 noyabrda “Moliya injiniringi” va “Bozordagi faoliyat va operatsiyalar”, “Investitsiyalarni moliyalashtirish” yo‘nalishlari negizida Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti tashkil topdi.

Mutaxassis kadrlar tayyorlash modelini hayotga tatbiq qilish, ularni zamon talablari va jahon andozalariga mos bo‘lishi uchun institutning 6 ta fakulteti tasarrufidagi 24 ta kafedrada 453 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat  ko‘rsatmoqda. Ulardan 40 nafari fan doktori va professorlar, 132 nafari fan nomzodi va dotsent.

Telefon:
(+998) 71-234-46-26
Sayt:
Pochta:
devonxona@tfi.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60A- uy, pochta indeksi: 100000

Toshkent moliya instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma