Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent shahridagi Adju universiteti

Toshkent shahridagi Adju universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4041-sonli qarori asosida Koreya Respublikasining Adju universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Universitet talabalarga bakalavriatning uch yo‘nalishlari, ya'ni “Arxitektura” (Architecture), “Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi” (Electrical and Computer Engineering), “Qurilish muhandisligi” (Civil Systems Engineering) bo‘yicha ta'lim beradi. O‘qitish faqat ingliz tilida olib boriladi. O‘qituvchilarning kamida 25 foizi Koreya Respublikasidagi Adju universiteti professorlari hamda chet ellik mutaxassislardir.

Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollariga muvofiq qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlari va o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim va fan uzviyligi va uzluksizligi tamoyili, shuningdek, jahon ta’lim hamda ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalash asosida rivojlantirish;
  • mehnat bozorida mavjud muammo va ehtiyojni hisobga olgan holda qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
  • pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitishning pedagogik uslublari va texnologiyalarini faol takomillashtirish;
  • ta’lim va ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlar, avvalo, Koreya Respublikasining yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Adju universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Universitet ta’lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarini inobatga olgan holda Adju universitetining (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi.

Universitetda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Adju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Telefon:
(+998) 71-208-69-69
Sayt:
Pochta:
info@ajou.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Asalobod ko‘chasi, 113 va 113A uylar

Toshkent shahridagi Adju universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi