Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti

Hozirda O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Toshkent shahridagi Amiti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Amiti Universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Universitetda Xalqaro “Foundation” dasturi, 5 bakalavr yo‘nalishi (Axborot texnologiyalari, Kompyuter injiniringi, Iqtisodiyot, Turizm sohasidagi boshqaruv, Biznes boshqaruv) va 1 magistratura mutaxassisligi (Axborot texnologiyalari) bo‘yicha jami 763 nafar talaba tahsil olib kelmoqda.

Amiti universiteti – dunyoning yetakchi universitetlari reytingi tashkilotlari bo‘lgan QS va THE tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 2018 yilda dunyodagi yetakchi universitetlarning eng yaxshi 3 foiziga kirgan. Bundan tashqari, AQSH va Buyuk Britaniyaning mintaqaviy akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan universitet hisoblanadi.

Amiti universitetining jami 17 ta, xususan AQSH, Buyuk Britaniya, BAA, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika, Hindiston va boshqa qator davlatlarda kampuslari mavjud. Ularda jami 175000 dan ortiq talabalar tahsil olishi uchun 6000 dan ortiq o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib boradi.

Telefon:
( +998) 71-207-90-06
Sayt:
Pochta:
admission@amity.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Shayhontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 70 uy

Toshkent shahridagi Amiti universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi