Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent shahridagi Inha universiteti

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2014 yilda tashkil etilgan. Universitet Koreya Respublikasidagi Inha universiteti bilan hamkorligida asos solingan bo‘lib,bugunga  kelib  1500 dan ortiq talabalar universitetning ikki asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqdalar.

Bugungi kunda, Inha universiteti Janubiy Koreyadagi eng rivojlangan universitetlarining yuqori o‘ntaligidan (Top10) o‘rin olgan.Universitetning texnika va muhandislik fakultetlari esa, mamlakatning ”Eng yetakchi universitetlar” reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Universitetning yutuqlarga yetaklovchi shiori uch muhim sifatni birlashtiradi: "Ijodkorlik, mehnatsevarlik va jamiyatga xizmat qilish".

Toshkent shahridagi Inha universitetining asosiy vazifasi jamiyat va millat taraqqiyoti uchun, yurtimizda AT sohasining rivoji uchun o‘z hissasini qo‘sha oladigan, yuqori malakali, har tomonlama barkamol mutaxassislarni yetkazib berishdan iborat. IUT oldiga qo‘ygan ustuvor vazifani oqlash maqsadida bakalavriat va magistrlik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga xalqaro standartlar asosida ilm olishga imkoniyat beradi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti 10 nafar faol va iqtidorli talabalarga Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida bepul o‘qish imkoniyatini beradi. Har yili eng yaxshi ishlanmalar tanlov asosida tanlanadi - bu asl va amaliy mahsulotlar yoki Toshkent shahridagi Inha universitetining rivojlanishiga qaratilgan loyihalar bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi loyihalarni yaratuvchilar yozgi maktabga ruxsatnoma oladilar, u erda talabalar "Koreys tili", "Sharqiy Osiyoning siyosati va xalqaro aloqalari", "Koreya va uning madaniyati", "Koreyadagi iqtisodiyot va biznes", "Yangi texnologiyalar" kabi kurslarda amaliyot o‘taydilar

 

Telefon:
(+998) 71-289-99-99
Sayt:
Pochta:
info@inha.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 9 uy

Toshkent shahridagi Inha universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi