Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent shahridagi Puchon universiteti

Toshkentdagi Puchon universiteti (Bucheon University in Tashkent, BUT) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi 3821-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.

Universitet ta’lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi.

Universitet ta’lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi.

Universitetda ta’lim olish o‘zbek, rus va ingliz tillarida, kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, to‘lov-kontrakt asosida, shu jumladan, potensial ish beruvchilar — yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari bo‘yicha, shuningdek, asosan mamlakat mintaqalari yoshlarining ta’lim olishi uchun ajratiladigan homiylik xayriyalari hisobiga amalga oshiriladi.

Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga, maktabgacha ta’lim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • maktabgacha ta’lim, arxitektura va dizayn tizimiga, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlariga zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • mavjud muammolar va mehnat bozorining ehtiyojlarini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
  • respublikada maktabgacha ta’lim, arxitektura va dizayn tizimini, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarini rivojlantirishga, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, boshqa korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida mustahkam o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishga ko‘maklashish.

Universitet bitiruvchilariga qo‘shimcha yuridik tartib-taomillarsiz O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Telefon:
(+998) 78-150-40-02
Sayt:
Pochta:
info@bucheon.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 17- mavze, 2- Qatortol tor ko‘chasi, 38 A uy

Toshkent shahridagi Puchon universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi