Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali

Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti" federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali Prezident qarori bilan tashkil etilgan. 

Taʼlim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o‘zbek tili va O‘zbekiston tarixi o‘qitiladi.

Dramaturgiya va prodyuserlik (turlari bo‘yicha) filialning asosiy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi. Taʼlim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.

Filialda davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.

Telefon:
+998 99 363 9257
Sayt:
vgik.uz
Pochta:
vgik.uz@gmail.com
Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 1A uy

Toshkent shahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi