Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti

2007 yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov Singapur Respublikasining birinchi Prezidenti janob S.R. Natanning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Singapurga keldi. Tashrif chog‘ida O‘zbekiston-Singapur hamkorligini kengaytirish masalalari, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilindi.

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 sentyabrdagi qabul qilingan PQ-691-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

TSMRI (Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti) O‘zbekiston va boshqa MDH mamlakatlari fuqarolari uchun Tadbirkorlik va menejment, Biznes va marketing, Bank va moliya, Buxgalteriya va moliya, Biznesda hisob-kitob, Xalqaro mehmondo‘stlikni boshqarish sohalarida akademik dasturlar orqali Buyuk Britaniya universitetlari bilan hamkorlik qilgan holda professional rivojlanish imkoniyatini yaratmoqda.

O‘quv jarayoni Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti (MDIS) tomonidan qabul qilingan tamoyillarga, taʼlim standartlariga va o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etiladi. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti akademik xodimlari Singapur Menejmentni rivojlantirish institutining mahalliy va tajribali xalqaro fakulteti tomonidan yig‘ilgan.

Akademik dasturlar yakunlanganidan so‘ng beriladigan sertifikatlar O‘zbekiston Respublikasida oliy maʼlumot to‘g‘risidagi  hujjatlar sifatida tan olinadi va SMRIda taqdim etiladigan darajalar, sifat va standartlarga teng.

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida biz bakalavr va magistratura dasturlarini taqdim etamiz. Ushbu dasturlar yakunida talabalarga topshiriladigan sertifikatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, shuningdek, xalqaro miqyosda tan olingan.

Hozirgi kunda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan, shu bilan birga Janubiy Koreya, Ukraina, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istondan kelgan 2200 nafardan ortiq talaba TSMRI da tahsil olib kelmoqda.

5,2 gektardan ortiq maydonni egallagan Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida zamonaviy o‘quv va maʼruza xonalari, kompyuter laboratoriyalari, mehmonxona amaliyot laboratoriyasi, tennis korti, yopiq suzish havzasi, yopiq basketbol va voleybol maydonlari, futbol, trenajor zali va yugurish uchun mo‘ljallangan yo‘lak mavjud. Shuningdek, yaxshi jihozlangan yotoqxona binosi ham bor.

Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘quvchilarining taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsasida “Blaskboard Learning System” tarmog‘iga ulanish va kerakli resurslar bazasiga kirish bilan taʼminlaydi.

2015 yil aprel oyida Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti tomonidan berilgan ISO 9001: 2008 sertifikatiga ega bo‘ldi va mamlakat miqyosida xalqaro sifat sertifikatini olgan birinchi oliy o‘quv yurti bo‘ldi.

Telefon:
(+998) 71-271-77-00
Sayt:
Pochta:
info@mdis.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 28 uy, pochta indeksi: 100185

Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi