Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TPTU) 2009 yil 27 Aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 apreldagi PP 1106 – sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta-maxsus Taʼlim vazirligi, O‘zavtosanoat OAJ hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) bilan hamkorlikdagi 2009 yil 10 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika sanoati, arxitektura sohasidagi tashkilot va korxonalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.

1859 tashkil etilgan hamda Yevropaning eng ilg‘or texnik universitetlaridan biri bo‘lgan Italiyadagi Politesniso di Torino taʼlim jarayonini ilmiy va amaliy tadqiqot bilan faol ravishda birga olib borishi bilan xarakterlanadi.   U 18 fakultet va ko‘plab yirik avtomobil va boshqa korxonalar uchun asosiy ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lgan 19 ilmiy tadqiqot markazi va laboratoriyalarda tashkil topgan. O‘zbekistonda umumeʼtirof etilgan xalqaro talablarga muvofiq keluvchi bunday Yevropa oliygohini ochilishi O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi maqsad va vazifalariga to‘laqonli mos keladi.   

Shuningdek, yangi oliy o‘quv yurti ochilishining muhim maqsadlari o‘quv jarayoniga mahalliy professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb qilish, professor-o‘qituvchilar uchun uzluksiz taʼlimiy dasturni shakllantirish va TTPU tarkibida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, hamda avtomobil dizayni, dvigateli, ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari, asbob-uskunalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash, va arxitektura va sanoat dizayni, energiya tejovchi texnologiyalar, mahalliy xom ashyo asosida qurilish materiallarining yangi turlarini yaratish imkoniyatini beruvchi texnoparkni tashkil etishdan iborat.

Ikki mamlakat (Italiya va O‘zbekiston) o‘quv dasturlari orasidagi tafovutlarni uyg‘unlashtirish maqsadida TTPU va POLITO mahalliy taʼlim standartlariga moslashtirillgan holda Yevropa Ittifoqi o‘quv dasturiga ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan holda qabul qilishga kelishib oldilar. Ulardan biri eng kamida OTMda o‘qishdan oldin eng kamida 12 yil o‘qish lozim bo‘lgan Italiya talablari va talabalarni zaruriy tayyorgarlikka erishishlari uchun Universitetda qo‘shimcha Tayyorlov yili joriy etilishidir.   TTPUdagi mavjud o‘quv dasturi turli taʼlimiy strukturalarda alohida tajriba sifatida qo‘llanilishi mumkin, hamda u loyiha maqsadlarini amalga oshirilishida ishlatilishi mumkin.

TTPU bitiruvchilari Politecnico di Torino (POLITO) bakalavr (BSc) va magistr (MSc) darajalariga juft ravishda ega bo‘ladilar. TTPU Ustavida ko‘rsatilganidek, TTPU va POLITO o‘rtasidagi ikki darajali kelishuv asosida TTPU bitiruvchilari  O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra TTPU diplomiga hamda Italiya Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra POLITO diplomiga ega bo‘ladilar.    Maʼlumki, O‘zbekistonda mashinasozlik va boshqa sanoat turlari rivojlanib borayotganligi sababli Mashinasozlik texnologiyasi, Arxitektura, Axborot texnologiyalari va sanoatda dasturlash (Kompyuter muhandisligi) sohalaridagi mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasidagi ko‘plab korxona va tashkilotlarda talab yuqori bo‘ladi.

Telefon:
(+998) 71-246-70-82
Sayt:
Pochta:
info@polito.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 17-uy

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi