Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent shahridagi Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ-4245-sonli qarori bilan Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etilgan.

Markaz ta’sischilar bilan kelishilgan holda ta’limning bakalavriat bosqichi asosiy yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga muvofiq mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi.

Markazda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, to‘lov-kontrakt asosida, ingliz tilida, jumladan elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar asosida amalga oshiriladi.

Markazga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilangan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari, tadbirkorlik, tabiiy fanlar va pedagogika sohalarida xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash;
  • iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish;
  • respublika oliy ta’lim tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • pedagog kadrlarning professional mahorati darajasi va sifatini og‘ishmay oshirib borish, Markazning professor-o‘qituvchi xodimlarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi;
  • ta’lim va ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga uyg‘un integratsiyalashuvi asosida mutaxassis va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
  • ta’lim va ilmiy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Markaz bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Universitet talabasi bo‘lish orzusidagi abituriyentlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • Ariza
  • Xalqaro til bilish sertifikati (TOEFL 80/IELTS 6.0).
  • Diplom va uning tasdiqlangan ilovasi (o‘rtacha baho 2.5 dan yuqori bo‘lishi kerak).
  • O‘qituvchi yoki ustozdan tavsiyanoma.
  • Pasport nusxasi.

Insho (erkin mavzuda: kareraviy maqsadlar; aynan nima uchun Vebster universitetiga o‘qishga kirishdan maqsadi; avtobiografik ma’lumotlar; shaxsiy kasbiy tajriba va h.k.) yoziladi va 300–500 so‘zdan iborat bo‘ladi.

Bakalavriat:

  • Biznes boshqaruvi (BA Business Administration);
  • Iqtisodiyot (BA Economics)
  • Media kommunikatsiya (BA Media Communication);
  • Ingliz tili ikkinchi til sifatida (BA ESL). 

Magistratura:

  • Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish (MA TESL);
  • Biznes boshqaruvi (MBA);
  • Media kommunikatsiya (MA Media Communication).

Vebster universitetining Toshkent shahridagi markaziga abituriyentlarni qabul qilishda kirish imtihoni ko‘zda tutilmagan. 

Telefon:
(+998) 71-241-33-00
Sayt:
Pochta:
Manzil:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 13 uy, pochta indeksi: 100011

Toshkent shahridagi Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi