Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Davolash, Tibbiy-pedagogika, Tibbiy-profilaktika, Oliy ma'lumotli hamshiralar, Toshkent tibbiyot akademiyasi

13 aprel 1919 yilda Turkiston davlat universiteti tarkibida tibbiyot fakultetini tashkil etish qarori qabul qilingan.

1920 yilning 7 sentyabrida Turkistonda dorilfunun taʼsis etish haqidagi hujjat imzolangan. Dorilfunun tarkibiga tibbiy fakultet ham kiritilgan edi. 1921 yildan boshlab tibbiy fakultet shifokorlarni tayyorlay boshlagan.

1919-1921 yillarda fakultetning tashkiliy davri bo‘lib, fakultetning moddiy bazasi yaratilgan.

1931 yilda tibbiyot fakulteti mustaqil tibbiyot institutiga shakllantirilgan.

1935 yilda O‘rta Osiyo tibbiyot instituti Toshkent tibbiyot instituti deb nomlana boshlagan.

1990 yilga kelib bir necha o‘quv bazalarida joylashgan katta institutni boshqarishda tug‘ilgan qiyinchiliklarni eʼtiborga olib institutni ikki qismga  – birinchi va ikkinchi tibbiyot institutlariga ajratish haqida  1990 yil 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan.

Dastlab, Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida  ikkita fakultet – davolash va stomatologiya fakultetlari, Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida davolash va sanitariya-gigiyena fakultetlari mavjud edi.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 19 iyulidagi PF-3629 sonli farmoni asosida faoliyati tugatilgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlarining negizida yuqori malakali tibbiy xodimlarini tayyorlash sifatini oshirish va  o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablariga javob beradigan zarur  o‘quv va moddiy-texnik bazani yaratish, unga ilg‘or  taʼlim texnologiyalarini kiritish asosida yangi mazmun bilan boyitish, bo‘lg‘usi mutaxassislar tayyorlanishini  tibbiyot amaliyotining muayyan ko‘nikmalari bilan bir vaqtda  egallashlarini uzviy bog‘lash maqsadida tashkil etilgan.

Telefon:
(+998) 78-150-78-25
Sayt:
Pochta:
info@tma.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi, 2- uy, pochta indeksi: 100109

Toshkent tibbiyot akademiyasi Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma