Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

Davolash ishi, Pediatriya ishi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11 martdagi 125-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1992- yil  20 martdagi 171-sonli buyrug‘iga asosan Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining Urganch filialini Xorazm viloyati O‘rta malakali tibbiyot xodimlari  malakasini oshirish bilim yurti bazasida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 31 mayda imzolagan Farmoni va Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 iyundagi qaroriga asosan filial Urganch Davlat universiteti tarkibiga qo‘shib yuborildi.

Respublika hukumatining 1998 yil 3 iyundagi 239-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universitetining Tibbiyot markazi qaytadan mustaqil o‘quv maskaniga aylantirildi.

Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali 1998 yil 3 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi (va uning Urganch  filiali) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 19 iyuldagi 178-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan.

Telefon:
(+998) 62-224-84-84
Sayt:
www.urgfiltma.uz
Pochta:
ttaurgfil@umail.uz
Manzil:
Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al- Xorazmiy ko‘chasi, 28- uy, pochta indeksi: 220100

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma