
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 martdagi 172-sonli qaroriga binoan Termiz tibbiyot kolleji bazasida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali tashkil etilib, u 2018 yil 1 fevraldan faoliyatini boshladi.
Hozirgi kunda filialda tibbiy fakultet mavjud bo‘lib, talabalar ikki yo‘nalishda tibbiy va pediatriya sohasida tahsil olmoqdalar, ulardan 665 nafari Surxondaryo viloyati talabalari.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali eng so‘nggi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyotga oid barcha asbob-uskunalar — fantom va mulyajlar, laboratoriya anjomlari bilan jihozlangan. Oliy ta’lim dargohida tibbiyotga oid adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan axborot resurs markazi, turar joy va yotoqxonalar, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy yopiq sport inshootlari barpo etilgan.
- Telefon:
-
(+998) 76-223-47-20
- Sayt:
- ttatf.uz
- Pochta:
- termiz@tma.uz
- Manzil:
- Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 64 - uy, pochta indeksi: 132000