Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3152 sonli Qaroriga asosan maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining tarbiyachilar, boshlang‘ich sinf ayniqsa aniq fanlar va chet tillari bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylaridagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼIumotli pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yana-da takomillashtirish va taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etildi.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali o‘qituvchilarni talab darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
  • pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;
  • yurtimizning pedagogika fani bo‘yicha qadimdan rivojlanib kelgan yutuqlari, xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasi va Toshkent viloyati tumanlari ta’lim muassasalari talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli yo‘nalishlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish;
  • o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni jalb etish maqsadida pedagogika sohasidagi yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga yosh istiqbolli bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institut ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

Telefon:
(+998) 70-716-68-05
Sayt:
www.cspi.uz
Pochta:
tvchdpi@edu.uz
Manzil:
Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur ko‘chasi, 104 uy, pochta indeksi: 100064

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma