
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti
Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti Buyuk Britaniyaning University of Westminster universitetining O‘zbekistondagi filiali hisoblanadi.
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 16 yanvar kunidagi 22-sonli qarori asosida Vestminster universiteti (London) bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Universitetning barcha dasturlari va yo‘nalishlari Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti tomonidan tasdiqlangan. TXVU bitiruvchilariga diplom London shahridagi Vestminster universiteti tomonidan beriladi. Vestminster universiteti diplomi O‘zbekistonda nostrifikatsiyasiz qabul qilinadi.
UNIVERSITET YO‘NALISHLARI
Taʼlim ingliz tilida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:
-
Universitetgacha taʼlim kursi / Course in Pre-Foundation Studies (CPFS)
-
Umumtaʼlim bosqichi / Certificate of International Foundation Studies (birinchi bosqich)
Bakalavr bosqichi (ikkinchi bosqichdan boshlanadi):
-
Biznes boshqaruvi / BA Business Administration
-
Iqtisodiët / BSc Economics
-
Iqtisodiët va moliya / BSc Economics with finance
-
Tijoriy huquq / BA Commercial Law
-
Biznesda axborot tizimlari / BSc Business Information Systems
Magistratura bosqichi (ikkinchi bosqichdan boshlanadi):
-
Tijorat huquqi
-
Inson resurslarini boshqarish
-
Xalqaro biznes boshqaruvi
-
Biznes tahlili va informatikasi
-
Amaliy iqtisodiyot
-
Ijtimoiy-tibbiy sohada
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim:
-
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science)
- Telefon:
-
(+998) 71-238-74-00
- Sayt:
- Pochta:
- info@wiut.uz
- Manzil:
- Toshkent shahri, Mirobod tumani, Istiqbol ko‘chasi, 12 uy