
Turan international university
Ushbu oliy taʼlim muassasasi zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan axborot texnologiyalari dasturiy taʼminoti, logistika, marketing, turizm, moliya, buxgalteriya hisobi va audit, xalqaro iqtisodiyot, ingliz va rus tillari pedagogikasi, boshlangʻich taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Bu yerda oʻquv mashgʻulotlari oʻzbek, rus va ingliz tillarida tashkil etilib, taʼlim jarayoniga Hindiston, Janubiy Koreya , Malayziya, Rossiya va Polsha davlatlaridan malakali muallimlar taklif etilgan. Ular safida ilgʻor tajribaga ega mahalliy pedagoglar ham anchagina.
“Turon” xalqaro universiteti zamonaviy oʻquv binosi, internet tarmogʻiga ulangan kutubxona, 200 oʻrinli faollar zali, oʻnlab kompyuterlashgan laboratoriyalar, sunʼiy qoplamali futbol maydoni, shuningdek, barcha sharoitlarga ega talabalar yotoqxonasiga ega. Mazkur universitet filial emas, bosh muassasa sifatida faoliyat koʻrsatishi bilan Oʻzbekistondagi boshqa xalqaro OTMlardan farq qiladi.
- Telefon:
-
(+998) 55-252-00-55
- Sayt:
- tiu-edu.uz
- Pochta:
- info@tiu-edu.uz
- Manzil:
- Namangan viloyati, Namangan shahri, Qodir Mamarasulov ko‘chasi, 10-uy