
Turon universiteti
Turon universiteti 2022 yilda O‘zbekistonda yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida Qarshi shahrida tashkil etilgan bo‘lib hozirda 7 ta taʼlim yo‘nalishlarida mutaxassis tayyorlashni niyat qilgan.
Taʼlim yo‘nalishlari:
- 60110100 - Pedagogika va psixologiya
- 60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)
- 60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)
- 60411800 - Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
- 60310800 - Xalqaro munosabatlar
Turon universiteti bir qator yetakchi va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalariga ega. Professor o‘qituvchilarimiz darslarni yangi texnologiyalar, zamonaviy dasturlar, fanga bo‘lgan yangicha qarashlar bilan olib borishni maqsad qilib olgan. Shuning uchun, aziz ota-onalar, siz o‘z farzandlaringizni bizga ishonib topshirishingiz mumkin. Biz ularni maʼnan yetuk va kasbiy bilimga ega qilib tarbiyalaymiz.
Universitet o‘z oldiga xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, pedagogika, xitoy tili, turk tili, ingliz tili va arab tili yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston va jahon miqyosida raqobatbardosh, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilib olgan.
Turon universiteti xorijiy talabalarni universitetga jalb qilish uchun turli xil xalqaro dasturlarni taklif qiladi. Hozirda Turon universiteti 20 ta davlatning 100 dan ziyod universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan, har semestrda taxminan 100 nafar xorijiy talabalar universitetga qabul qilish rejalashtirilgan.
Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Turon universiteti tomonidan belgilangan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olingan Turon universitetining belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
- Telefon:
-
(+998) 90-720-07-37
- Sayt:
- www.turonuniversity.uz
- Pochta:
- turonuniversity@gmail.com
- Manzil:
- Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mag‘zon MFY, Nasaf ko‘chasi, 1/14-uy