Oliy ta'lim muassasasi

University of business and science

University of business and science oliy ta’lim muassasasi pedagogika, buxgalteriya va moliya sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirishga ixtisoslashgan. Ta’lim jarayonida talabalarga kerakli bilim, tajriba va amaliy ko‘nikmalar berishdan tashqari, ahloqiy madaniyatni o‘rgatish va xozirgi kunda o‘zgarib borayotgan bozor talabiga mos raqobatbardosh kadrlar chiqarishga alohida e’tibor beriladi. 

UBS faoliyati uchta muhim tamoyilga asoslangan. Bular:

  • yuqori saviyali ta’lim;
  • yuqori malakali mutahassislar;
  • jamiyatga ta’sir ko‘rsatish. 

UBS iqtidorli, kreativ fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirib bilan bir qatorda, qulay, hamyonbop va sifatli ta’lim beruvchi universitetlardan biri bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilgan. 

Yo‘nalishlar: 

  • Moliya va buxgalteriya;
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari;
  • Boshlang‘ich ta’lim;
  • Iqtisodiyot;
  • Maktabgacha ta’lim;
  • Pedagogika va psixologiya;
  • Filologiya;

Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda, ular tanlagan sohaning yetakchi mutaxassisi qilib tayyorlashda yuqori malakaga ega tajribali o‘qituvchilarning innovatsion metodikalari, nazariy va amaliy bilimlari qo‘l keladi. 

UBS o‘quv dasturlari davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi va mehnat bozoridagi talablaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Ta’lim jarayonlari xalqaro standartlar asosida davlatmizdagi ta’lim siyosati bilan uyg‘unlikda tashkil etiladi. Zamonaviy texnologiyalar ta’limning yanada sifatli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. 

Telefon:
(+998) 78-113-26-26
Sayt:
ubsu.uz
Pochta:
Manzil:
Namangan viloyati, Namangan shahri, Zarbdor MFY, Beshkapa ko‘chasi, 111-uy

University of business and science Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi
1 Bank ishi va auditi 60410500 Bakalavr
2 Boshlang‘ich ta’lim 60110500 Bakalavr
3 Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
4 Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 Bakalavr
5 O‘zbek tili va adabiyoti 60111400 Bakalavr
6 Pedagogika 60110100 Bakalavr
7 Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha) 60410200 Bakalavr
8 Tarix 60111100 Bakalavr