Oliy ta'lim muassasasi

University of management and future technologies

Kompyuter dasturlarini loyihalash va yaratish, Mobil qurilmalar dasturlarini loyihalash va yaratish, Veb-dasturlar, veb-saytlar va Internet dasturlarini yaratish, Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish, Dasturlarni testlash, axborot xavfsizligini taʼminlash,

Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti Respublikamizdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya va biznes boshqaruvi sohalarida kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Universitet xalqaro standartlar asosida, xorijiy taʼlim muassasalari tajribasiga asoslangan holda faoliyat olib borishi rejalashtirilgan. Universitet faoliyatining o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish kredit-modul taʼlim tizimi asosida amalga oshirilib, o‘quv mashg‘ulotlari yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy texnologiyalar va o‘quv materiallari asosida olib boriladi. Universitetda talabalar uchun zamonaviy o‘quv adabiyotlari va kompyuter texnikalari bilan jihozlangan axborot resurs markazi, elektron kutubxona, bookkafe, bufet va tibbiyot xonalari faoliyat olib boradi. Universitet binosi to‘liqligicha WiFi tarmog‘i bilan qamrab olingan bo‘lib talabalarning internet resurslaridan foydalanishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Bugungi kunda universitetda dasturiy vositalarni loyihalash, ishlab chiqarish va testlash bo‘yicha dasturlovchi muhandislarni tayyorlashga qaratilgan “Dasturiy injiniring”, axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish va boshqarish bo‘yicha tizim va tarmoq administratorlarini tayyorlashga yo‘naltirilgan “Infokommunikatsiya injiniringi”, biznes jarayonlarni modellashtirish va avtomatlashtirish, axborot tizimlarini loyihalash va ishlab chiqish hamda maʼlumotlar bazalarini boshqarish bo‘yicha muxandislarni tayyorlashga qaratilgan “Raqamli iqtisodiyot” taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni qabul qilish belgilangan.

Bundan tashqari universitetda biznes analitika, boshqaruv, buxgalteriya va moliyaviy hisoblar, vositalar va texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” hamda taʼlim menejmenti, maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari uchun pedagog va psixolog mutaxassislar tayyorlash uchun “Pedagogika va psixologiya” taʼlim yo‘nalishlari ham mavjud.

Universitet oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lib, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida talabalarga asosiy o‘qish bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi bo‘lgan xorijiy kompaniyalarning o‘quv kurslarida o‘qish, shu bilan birgalikda universitet diplomi va xorijiy kompaniyalarning xalqaro sertifikatlarlariga ega bo‘lish uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda.

Universitet talabalariga olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash maqsadida eng nufuzli mahalliy ishlab chiqarish korxonalari va hatto chet elda ham amaliyot o‘tash imkoni beriladi. Shuningdek, iqtidorli va akademik muvaffaqiyatga erishgan talabalar uchun turli universitet grantlari taqdim etiladi.

Telefon:
(+998) 55-506-88-88
Sayt:
www.umft.uz
Pochta:
info@umft.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bekto‘pi MFY, Diydor ko‘chasi, 71-uy

University of management and future technologies Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi
1 Dasturiy injiniring 60610600 Bakalavr
2 Infokommunikatsiya injiniringi 60612000 Bakalavr
3 Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 Bakalavr
4 Pedagogika 60110100 Bakalavr