
Urganch davlat universiteti
Tarix, Chet tillari, Iqtisodiyot, Pedagogika, Kimyo-texnika, Fizika-matemetika, Filologiya va san’at, Jismoniy madaniyat, Tabiatshunoslik va geografiya, Urganch davlat universiteti
Urganch davlat universiteti ilgaridan faoliyat ko‘rsatib kelgan Xorazm davlat pedagogika instituti asosida tashkil topdi. Xorazm Davlat pedagogika instituti 1 sentyabr 1942 yilda to‘liqsiz oliy maʼlumotli o‘qituvchilar tayyorlaydigan institut asosida tashkil topgan. Institut tarkibida 4 ta fakultet mavjud edi: fizika-matematika, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarix. 1991 yilga kelib XDPI da 6 ta fakultet va 22 kafedra faoliyat olib borgan.
Urganch davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi PF-356 sonli farmoniga muvofiq, oldingi Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan.
Urganch davlat universitetida 11 ta fakultet, 36 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib, ularda 58 taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 27 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo‘limida 16496 nafar.
- Telefon:
-
(+998) 62-224-67-00
- Sayt:
- www.urdu.uz
- Pochta:
- info@urdu.uz
- Manzil:
- Xorazm viloyati, Urganch shahri, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14- uy, pochta indeksi: 220100