
Urganch RANCH texnologiya universiteti
Urganch RANCH texnologiya universitet faoliyati respublika va xususan Xorazm viloyatining mashinasozlik sanoati va unga turdosh sohalarini jadal rivojlantirish va ular uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi. Bu intilishlarimiz qishloq xo‘jaligi mashinasozligini anglatuvchi universitetning «RANCH» nomida ham o‘z aksini topgan. Endi Xorazm yoshlari uzoqqa ketmasdan o‘z yurtida texnik va iqtisodiy-texnik taʼlim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Universitet faoliyatining birinchi bosqichida “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish”, “Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilish” bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga va “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (mashinasozlikda)” magistratura mutaxassisligiga talabalar qabul kilinadi.
Ikkinchi bosqichda bir qator boshqa turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga kunduzgi va sirtqi taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha qabul tashkil etiladi.
RANCH texnologiya Universitetining faoliyati Belarus-Rossiya universiteti, Urganch davlat universiteti, Germaniyaning mashhur mashinasozlik korxonalari va boshqa muassasalar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida yuritiladi. Jumladan, Belarus-Rossiya universiteti tomonidan universitetimizga barcha zarur o‘quv metodik hujjatlar va katta elektron kutubxona ajratib berilgan. Universitet o‘quv dasturlari ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslanib tayyorlangan.
RANCH texnologiya Universitetida o‘qitish jarayoni yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Universitet taʼlim faoliyatida muntazam ravishda qatnashish haqida respublikamizning ilg‘or OTMlaridan tashqari Belarus, Rossiya, Turkiya va Ukraina universitetlarining bir qator professor-o‘qituvchilari bilan kelishuvlarga erishilgan.
- Telefon:
-
(+998) 99-217-00-60
- Sayt:
- www.utu-ranch.uz
- Pochta:
- ranchurgench@gmail.com
- Manzil:
- Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xonqa ko‘chasi, 26-uy