Oliy ta'lim muassasasi

Urganch shahridagi xalqaro binary universiteti

Hukumatning 17.09.2020 yildagi №558 tegishli qarori bilan Urganch shahrida xalqaro “Binary” universiteti tashkil etilgan bo‘lib, ushbu oliy taʼlim muassasasi Malayziyaning “Binary” universiteti filiali hisoblanadi.

Filial nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi va o‘qish ingliz, rus va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filialda bakalavriatning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllari hamda magistratura bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston va Malayziyada oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizidan kam bo‘lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni bepul (Filial granti asosida) o‘qishga qabul qilish uchun ajratiladi.

Shuningdek, Filialda professor-o‘qituvchilar tarkibining 40 foizidan kam bo‘lmagan qismi malakali xorijiy professor- o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Telefon:
(+998) 99-150-40-80
Sayt:
biu.uz
Pochta:
Manzil:
Xorazm viloyati, Urganch shahri, A.Baxodirxon ko‘chasi, 195-uy

Urganch shahridagi xalqaro binary universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi