
Xalqaro Nordik universiteti
Xalqaro Nordik universiteti — Finlyandiya va boshqa Shimoliy Yevropa mamlakatlarining taʼlim sohasidagi ilg‘or yutuqlariga asoslangan, xususan maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim maktabi va oliy taʼlim muassasasini o‘z ichiga olgan O‘zbekistondagi ilk zamonaviy xususiy taʼlim klasteridir. Universitet O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining markazida joylashgan. Xalqaro Nordik Universiteti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining № 034528 raqamli litsenziyasi asosida o‘z faoliyatini boshlagan.
Universitetda ilmiy — akademik jarayonlar ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon taʼlimi va ilmiy hamjamiyatga uyg‘un integratsiyalashuvi asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish, bilim va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida urg‘u qaratiladi.
- Telefon:
-
(+998) 71-200-86-88
- Sayt:
- nordicuniversity.org
- Pochta:
- info@nordicuniversity.org
- Manzil:
- Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 8/2 uy