Oliy ta'lim muassasasi

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.05.2022-yildagi PQ-237-son “Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti (Royal Agriculture University) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Ushbu universitet qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga xissa qo‘shadigan innovatsion g‘oyalar tashabbuskorlari, chet el uslubi asosida ta‘lim oladigan, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash uchun xizmat qiladi.

Universitet Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan ta’sis etiladigan to‘liq akademik va moliyaviy mustaqil bo‘lgan davlat ishtirokidagi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Universitetda ta’lim grant va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari tashkil etiladi:

  • ️Aqlli qishloq xo‘jaligi (Smart Agriculture);
  • ️Agronomiya;
  • ️Biotexnologiya;
  • ️Agroiqtisodiyot;
  • ️Chorvachilikni rivojlantirish;
  • ️Oziq-ovqat xavfsizligi;
  • ️Agrologistika.

Universitet bitiruvchilariga hamkor universitetning diplomi beriladi.

Qarorga ko‘ra, Universitetda davlat muassasasi shaklidagi Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center) tashkil etildi.

Telefon:
(+998) 99-981-09-19
Sayt:
new.iau.uz
Pochta:
info@iau.uz
Manzil:
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 2-uy

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi