Oliy ta'lim muassasasi

Yangi asr universiteti

Yangi asr universiteti nodavlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Universitet - yangi O‘zbekiston yoshlari uchun ayniqsa, talaba bo‘lish orzusida bo‘lgan hamyurtlarimiz uchun yangi oliy taʼlim muassasasidir.   Bu yerda kunduzgi, kechki va sirtqi shakllarda taʼlim olib boriladi.

Pedagogika va psixologiya, Maktabgacha taʼlim, Boshlang‘ich taʼlim, Dizayn (turlari bo‘yicha), Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) va Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)  kabi taʼlim yo‘nalishlari  o‘qitiladi.

Universitet  Vazirlar mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan OT 0051 sonli litsenziyasiga ega bo‘lib, boshqa davlat oliy taʼlim muassasalari diplomi bilan  huquqiy teng kuchga ega. Universitet diplomi butun O‘zbekiston bo‘ylab tan olinadi. Bitiruvchilarimiz davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlashi mumkin.

Bu xususiy universitetning o‘ziga xosligi shundaki, bitiruvchilar birinchi navbatda 20ga yaqin GRAND TALIM  maskani filiallarida o‘qituvchi, bog‘cha va maktabga tayyorlov kurslarida muallima, xususiy GRAND TALIM  maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari sifatida ishga qabul qilinadilar. So‘nggi yillarda bo‘lgan ulkan o‘zgarishlar xususiy taʼlim tashkilotlarini uzluksiz sifatli taʼlim xizmatlarini xalqimizga taqdim qilish imkonini bermoqda.

Telefon:
(+998) 71-200-29-92
Sayt:
yangiasr.uz
Pochta:
yangiasruniversiteti@gmail.com
Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Sug‘alli ota ko‘chasi, 5 uy

Yangi asr universiteti Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi
1 Boshlang‘ich ta’lim 60110500 Bakalavr
2 Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
3 Pedagogika 60110100 Bakalavr