Oliy ta'lim muassasasi

Andijon davlat universiteti

Fizika-matematika, Filologiya, Tarix, Jismoniy madaniyat, Pedagogika, Ijtimoiy-iqtisodiyot, Xorijiy tillar, Tabiiy fanlar, Andijon davlat universiteti

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti o‘z tarixini 1931 yildan boshlaydi. Avval Farg‘ona pedagogika insituti filiali, 1939 yilda o‘qituvchilar instituti, so‘ngra 1953 yildan Andijon davlat pedagogika instituti bo‘lib, Vatanimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 1992 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Andijon davlat pedagogika instituti Andijon davlat universitetiga aylantirilgan.

Bugungi kunda universitetda Filologiya, Tabiiy fanlar, Tarix, Ijtimoiy iqtisodiyot, Pedagogika, Fizika-matematika, Xorijiy tillar, Jismoniy madaniyat, San'atshunoslik, Axborot texnologiyalari, Maktabgacha ta'lim kabi 11 ta fakultet, shuningdek, 37 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.

Universitetda 55 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida 20 ming 341 dan ortiq, 26 ta magistratura mutaxassisliklarida 527 dan ortiq talaba ta’lim olmoqda.

Universitetning moddiy texnika bazasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Hozirda 6 ta o‘quv binosidagi o‘quv auditoriyalari soni 252 tani tashkil etadi va 6570 nafardan ortiq talabaga mo‘ljallangan. O‘quv-laboratoriya xonalarining umumiy maydoni 45883 kv.metr bo‘lib, bir talabaga to‘g‘ri keladigan foydali maydon 4,5 kv.metrni tashkil etadi.

2 ta axborot-resurs markazi, 26 ta kompyuter xonasi, 954 dona kompyuter, 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 7 ta talabalar turar joyi, 910 o‘ringa ega bo‘lgan 6 ta oshxona, 2 ta bufet, 13 ta ochiq va 3 ta yopiq sport maydonlarining barchasi talabalar uchun bo‘lib, ularning yuksak ma’naviyatli, bilimdon, jismonan baquvvat, har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.

Andijon davlat universiteti dunyodagi 50 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ulardan 28 tasi bilan faol hamkorlik qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Hozirgi kunda universitet bitiruvchilari xalqaro tashkilotlarda, yirik transmilliy korporatsiyalarda, O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarida, ta’lim tizimida hamda nodavlat sektorda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Telefon:
(+998) 74-223-88-30
Sayt:
adu.uz
Pochta:
agsu_info@edu.uz
Manzil:
Andijon viloyati, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129- uy, pochta indeksi: 170100

Andijon davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Amaliy matematika

Matematika / Fizika

10 / 15

136.6 107.9
2. Arxivshunoslik

Tarix / Matematika

5 / 20

108 69.4
3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

Matematika / Fizika

5 / 20

116.5 72.6
4. Biologiya (turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

15 / 60

141.6 130.1
5. Dasturiy injiniring

Matematika / Fizika

5 / 20

103.8 76
6. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

10 / 15

98.6 89.7
7. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

20 / 80

152.2 124.9
8. Fizika

Fizika / Matematika

8 / 17

122.6 88
9. Geografiya

Geografiya / Matematika

15 / 10

117 100.2
10. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

10 / 15

167.6 153.8
11. Inson resurslarini boshqarish

Matematika / Chet tili

5 / 20

112.7 76.5
12. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

143 112.7
13. Kimyo (turlari bo‘yicha)

Kimyo / Matematika

10 / 15

107.1 82.3
14. Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

10 / 40

115.5 77.8
15. Kompyuter injiniringi: AT-Servis

Matematika / Fizika

5 / 20

118.4 81.2
16. Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”

Matematika / Fizika

5 / 20

118.7 82
17. Matematika

Matematika / Fizika

15 / 60

142.8 110.9
18. Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

Matematika / Chet tili

5 / 20

113.5 77.7
19. Mexanika va matematik modellashtirish

Fizika / Matematika

10 / 15

84.2 69.5
20. Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)

Fizika / Matematika

10 / 15

74.8 65.1
21. Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

10 / 15

96.4 89.1
22. Psixologiya: amaliy psixologiya

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

10 / 40

126.5 91.9
23. Psixologiya: oila psixologiyasi

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

10 / 15

103 83.1
24. Rangtasvir: dastgohli

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 20

151.4 80
25. Sotsiologiya

Matematika / Ona tili va adabiyoti

5 / 20

90.6 71.4
26. Sport faoliyati: badiiy gimnastika

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

2 / 23

126.3 66
27. Sport faoliyati: basketbol

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 20

137.6 64.3
28. Sport faoliyati: boks

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 20

169.2 82.9
29. Sport faoliyati: futbol

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 20

132.8 92.9
30. Sport faoliyati: kurash

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 20

164.9 105.5
31. Sport faoliyati: voleybol

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

3 / 22

155.2 58.5
32. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

Tarix / Geografiya

5 / 20

161.5 137.2
33. Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

Tarix / Chet tili

10 / 15

160.5 141.8